07 dek 23:37
Yangiliklar
Lando Norris - mavsum-2025 "Formula-1" chempioni!
Norris bugun BAA poytaxtida o'tkazilgan Abu-Dabi Gran-pri turnirida uchinchi o'rinni egalladi. Bu esa unga umumiy ro'yxatda mavsum chempionligini taqdim etdi. Bu bilan u Maks Ferstapenning to'rt yillik chempionligiga chek qo'ydi. Red Bull piloti Abu-Dabi Gran-prisi g'olibi bo'ldi, ammo umumiy ro'yxatda Norrisga eta olmadi. Landoning jahon chempioni bo'lishi uchun Abu-Dabi poygasida Top-3`talikka kirishi kifoya qilardi.
Formula-1 2025. 24-boqich, Abu-Dabi, BAA
Abu-Dabi Gran-prisi. Poyga (58 aylana, 306.183 km)
1. Maks Ferstappen (Red Bull) 1:26:07.469
2. Oskar Piastri (McLaren) +12.594
3. Lando Norris (McLaren) +16.572
Malumot uchun, Lando Norris 2019 yildan buyon "Formula-1" poygalarida ishtirok etib keladi. U o'sha mavsum "Maklaren" safida Avstraliya Gran-prisida debyut qilgandi. 2024 yilda u vice-chempion bo'lgan edi.

Fikrlar