29 avg 10:12
Yangiliklar
Lausanne Grand Slam 2026. Bugun to'rt nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining to'rt nafar dzyudochisiga muxlislik qilamiz. Bugungi saralash bahslari ham bizning vaqt bilan soat 11:30da boshlanadi. Dzyudochilarimizga bo'lajak murosasiz bellashuvlarda g'alaba va omad yor bo'lsin.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:
-81 kg: Arslonbek Tojiev – Maksim Malshch (Germaniya)
-63 kg: Marjona Nurulloeva – Renata Zachova (CHexiya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva – Tamara Lishchenko (Rossiya)
-70 kg: SHirinjon Yuldasheva – Katarzina Sobierayska (Polsha)
Eslatib o'tamiz, kecha musobaqaning ilk kuni -60 vazn toifasidagi vakilimiz Samariddin Qo'chqorov bronza medali bilan birga qimmatli 500 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi.

Fikrlar