29 avg 22:32
Yangiliklar
Dzyudo
Lausanne Grand Slam 2026. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi kunni ham medal bilan yakunladi
SHveycariyaning Lozanna shahrida o'tkazilayotgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqaning ikkinchi kungi bahslari o'z yakuniga etdi.
-81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Arslonbek Tojiev finalga qadar Germaniya, Turkiya, Finlyandiya, Ukraina va Braziliya dzyudochilarini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
Afsuski, hal qiluvchi final uchrashuvida Qozog'istonning "Jenys" klubidagi jamoadoshi Abilayxan Jubanazarga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Tojiev kumush medal bilan birga o'z hisobiga qimmatli 700 reyting ochkosini ham qo'shib qo'ydi. Bu ochkoning teng yarmi Olimpiya o'yinlari yo'lidagi reyting uchun hisoblanadi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar