31 avg 09:47
Yangiliklar
Lausanne Grand Slam 2026. Terma jamoamiz 5 ta medal bilan 77 davlat orasida nechanchi bo'ldi? FOTOGALEREYA
Uch kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida Top-6`talikdan joy oldi. Musobaqaning so'nggi kuni jamoamiz uchun muvaffaqiyatli keldi. -90 kg vazn toifasidagi bellashuvlar dzyudochilarimiz benefisiga aylanib ketdi.
Umar Bozorov sharafiga SHveycariya zaminida O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Bozorov faoliyatidagi uchinchi Grand Slam medalini qo'lga kiritdi. U shu kungacha Tbilisi Grand Slam 2025`da oltin, Tbilisi Grand Slam 2025`da kumush medalga sazovor bo'lgan edi.
Lausanne Grand Slam 2026 g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medal
-90 kg: Umar Bozorov
Kumush medallar
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: Nurbek Murtazoev
Bronza medallar
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev












Fikrlar