18 noy 10:55
Yangiliklar
Tennis
Laylo Bahodirova “Uralsk Open” turniri yarim finalida
Qozog'istonning Uralsk shahrida tennis bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi “Uralsk Open” turniri davom etmoqda.
Musobaqaning qiz bolalar o'rtasidagi bahslarida ishtirok etayotgan Laylo Bahodirova g'olibona yurishini davom ettirib, yarim finalga yo'llanma oldi.
Turnirning ikkinchi raketkasi bo'lgan Laylo chorak finalda musobaqada beshinchi raqam ostida harakat qilgan rossiyalik Alena Nikishinani 6:0, 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Bugun Bahodirova yarim finalda yana bir rossiyalik tennischi, turnirning ettinchi raketkasi Mariya Tkachevaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar