26 jan 09:21
Yangiliklar
Sport kurashlari
Layloxon Sobirova nufuzli "Ivan Yarigin" xalqaro turnirida shohsupaga ko'tarildi
SHu kunlarda Rossiya Federaciyasining Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari bo'yicha "Ivan Yarigin" xotira turniri bo'lib o'tmoqda.
Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan va nufuzi bo'yicha jahon chempionatidan keyin etirof etiluvchi ushbu musobaqada O'zbekiston ayollar kurashi terma jamoasi qizlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Bir kun avval Parij-2024 Olimpiadasidagi ishtiroki orqali to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida qatnashgan ilk o'zbek kurashchi qiziga aylangan Aktenge Keunimjaeva bronza medaliga ega chiqqandi. Kecha esa -57 kg vazndagi terma jamoamiz vakilasi Layloxon Sobirova final bellashuvida rossiyayalik kurashchiga qarshi gilamga chiqdi va kumush medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Fikrlar