26 fev 14:48
Yangiliklar
Futbol

Lempard: "Endi g'ururimiz uchun kurashishimiz kerak"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard CHL 1/8 final doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Londondagi bahsda "CHelsi" "Bavariya"dan 0:3 hisobida engildi.
"Biz etarli darajada to'p bilan muomala qila olmadik. "Bavariya" - juda kuchli jamoa, barcha ularning darajasini ko'rdi. Ortga qarashning hojati yo'q, haqiqatni qabul qilish kerak.
Biz 0:3 hisobida yutqazganimizni va yomon ahvolga tushib qolganimizni bilamiz. Endi biz g'ururimiz va sharafimiz uchun kurashishimiz kerak. Har qanday holatda ham qiyin bo'ladi", - deydi Lempard.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar