03 jan 17:52
Yangiliklar
Futbol

Lempard qishki transferlar oynasi haqida gapirdi
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard qishki transferlar oynasi vaqtida jamoaga futbolchi olib kelinishi extimoli haqida gapirdi.
"G'oyalar bor. Jamoamiz juda ham katta. Agarda futbolchilar doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmasa, o'zgarishlar bo'lishini istaydi. Bu esa men, rahbariyat va futbolchi o'rtasida muhokama qilinadi. SHundan keyin biz barchasiga baho beramiz.
Ammo hozirda bu borada o'ylamayapman. Mavsum startidan oldin ko'plab futbolchilarni sotib oldik. Etiborim ularga qaratilgan. Ammo vaziyatga qaraymiz", - dedi Lempard.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar