So’nggi yangiliklar

13:38Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари кечаги баҳсдаги ҳаракатларига неча баҳо олишди? 0 13:07Пэдди Пимблетт октагонга қайтиш муддатини маълум қилди 0 12:36Тошкентда кикбоксинг бўйича Жаҳон кубоги ўтказилмоқда (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 12:05Чимаев, Царукян, Нурмагомедов жанг қиладиган RAF турнирининг тўлиқ таркиби тасдиқланди 0 11:34Винисиус узоқ муддатга дисквалификация қилингани ҳақида гапирди 0 11:03Тўлиқ таркибда қатнашган юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 10:32Артур Бетербиев қизиқарли янгиликлар ваъда қилди 0 10:01"Бу йигитларни қўллаб-қувватлаш керак". Пейж UFC’даги паст гонорарлар бўйича танқидга қўшилди 0 09:30Месси ва Суареснинг узатмалари "Интер Майами"га "Нью-Йорк Сити"ни мағлуб этишга ёрдам берди 0 08:59Жалолов рингга чиқадиган оқшомда 121 та мағлубияти бор боксчи жанг қилади 0 08:28Алекс Перейра Пауло Коста нима учун Магомед Анкалаевни мағлуб этишини тушунтирди 0 07:57"Янга қарши иккинчи жангнинг бошидаёқ ғалаба қозона олмаслигимни тушуниб етдим" - Двалишвили 0 07:26ЕЧЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган учрашувда ПСЖ "Манчестер Сити"ни таслим этди + ВИДЕО 0 19:30Вирал сурат ортидаги Мерьем: Туркия волейболининг 20 ёшли гўзали бутун дунёни ўзига қаратмоқда 0 19:05Умматалиев Бивол билан машғулот ўтказмоқда (ВИДЕО) 0

31 avg 21:06
Yangiliklar

Futbol

Leo Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi

Bu haqida u o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida rasman malum qildi.

"Uzoq o'ylanganimdan so'ng, hammaga shuni malum qilmoqchimanki, men milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayapman... Bu og'riqli qaror, lekin hozir eng to'g'ri vaqt ekanligini tushunib etdim. Qasam ichamanki, men har doim bor kuchimni berganman, nafaqat biz hamma narsani yutgan so'nggi yillarda, balki undan oldin ham. Har doim kurashganman va bu libos uchun borimni berganman, sizlarga quvonch ulashish va futbol orqali argentinalik ekanligingizdan faxrlanishingizni taminlash uchun harakat qilganman. Vaqt oz qoldi, kitob boblari yopilmoqda va so'nggi bob menga qattiq og'riq beryapti. Men milliy terma jamoada bo'lishni yaxshi ko'rardim, yaxshi ko'raman va doim shunday bo'lib qoladi. Bor kuchimni berdim; endi beradigan hech narsam qolmadi, qolaversa, ortimdan juda iqtidorli yosh o'yinchilar kelmoqda, ular u erda bo'lishga loyiq. Bu 20 yil davomidagi barcha muhabbat uchun rahmat.

Oila azolarimga har doim yonimda bo'lganlari, bu go'zal, ammo qiyin yo'lda hamrohlik qilganlari uchun rahmat. Men bilan birga bo'lgan har bir murabbiy, jamoadosh va menejerlarga tashakkur. Men o'zim bilan unutilmas xotiralar va lahzalarni olib ketyapman. Sizlarga va jamoadoshlarimga ertaknamo lahzalarni hadya etganimdan xotirjamlik va g'urur tuyg'usi bilan ketyapman. Bularning barchasini sizlar bilan birga boshdan kechirish aql bovar qilmas edi.

Sizlarni yaxshi ko'raman! Meni argentinalik qilganing uchun senga rahmat, Xudoyim. Olg'a, Argentina!

Bu so'zlarni 21 iyul kuni, finaldan ikki kun o'tib yozgan edim. Otam bilan sodir bo'lgan voqeadan keyin esa, bunga yanada ko'proq amin bo'ldim", — deb yozdi Messi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Malumot uchun, Messi Argentina terma jamoasi tarkibida 2022 yilgi jahon chempioni, 2021 va 2024 yilgi Amerika kubogi sohibi, 2022 yilgi Finalissima g'olibi hamda 2008 yilgi Olimpiada chempioni bo'lgan.

Hammasi uchun rahmat, LEO!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing