12 noy 15:01
Yangiliklar
Futbol

Leo Messi Nigeriyaga qarshi o'ynamaydi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Nigeriya bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushmaydi.
Kecha Mosvada Rossiya - Argentina (0:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bu o'yindan keyin Argentina terma jamoasi Nigeriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladigan Kuban shahriga yo'l oldi. 30 yoshli hujumchi esa "Barselona" ixtiyoriga jo'nab ketdi.
Messida hech qanday jarohat yo'q, Argentina futbol Federaciyasi bu qarorni futbolchiga biroz xordiq kerakligi bilan izohladi. Bu mavsumda Lionel Messi barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda 16 ta gol kiritgan.
Havola :
Fikrlar