28 iyu 13:21
Yangiliklar
Futbol
Leo Messidan antirekord!
"Barselona" etakchisi Leo Messi so'nggi ikki o'yin davomida biror marta raqiblari darvozasi tomon aniq zarba yo'llamadi.
"Atletik" (1:0) hamda "Selta"ga (2:2) qarshi bahslar davomida "Barselona" sardori 14 marta zarba bergan, biroq ularning birortasi darvozaga aniq bormagan.
Qayd etish kerak, ushbu mavsumda Messi barcha turnirlarda 35 o'yinda qatnashib, 26 gol va 19 assist qayd etdi.

Havola :
Fikrlar