23 mar 04:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Leon Edvards va SHon Bredi ishtirokidagi UFC Fight Night 255 markaziy jangi muddatidan oldin yakunlandi
Angliyaning London shahrida joylashgan O2 Arena majmuasida MMA bo'yicha UFC Fight Night 255 musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning markaziy bellashuvi yarim o'rta vazn toifasining sobiq chempioni, angliyalik Leon Edvards hamda AQSH vakili SHon Bredi o'rtasida kechdi.
5 raundlik davogarlik jangi to'rtinchi raundda muddatidan oldin nihoyasiga etdi. Bredi sobiq chempionni sabmishen evaziga mag'lub etishning uddasidan chiqdi.
32 yoshli SHon ketma-ket uchinchi jangida g'alaba nashidasini surmoqda (18-1), 33 yashar Leonda esa qatorasiga ikkinchi mag'lubiyat (22-5-1NC).
Malumot uchun, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioni amalda AQSH vakili Belal Muhammad sanaladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar