15 mar 03:11
Yangiliklar

“Lester” 1/4 finalda, demak, ertak hali tugamadi
Angliya chempioni “Lester Siti” klubi o'z maydonida Ispaniyaning “Sevilya” jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 27-daqiqasida Riyad Maxrezning to'p uzatishidan so'ng Ues Morgan darvozani ishg'ol qildi. 54-daqiqada Olbrayton hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.
74-daqiqada ikkinchi sariq kartochkasini ishlab olgan Samir Nasri maydondan chetlatildi. Bir kishi kam bo'lib qolgan mehmonlarda vaziyatni o'zgartirish uchun imkoniyat yuzaga kelgan edi. Lekin Stiven N'Zonzi belgilangan penaltini golga aylantira olmadi.
SHu tariqa, o'yin 2:0 hisobida “Lester”ning g'alabasi bilan yakunlandi. Bu ikki jamoaning ilk o'yinida “Sevilya” 2:1 hisobida zafar quchgandi. Demak, “Lester”ning ertagi hali tugamadi.
Fikrlar