29 okt 08:54
Yangiliklar
![](/upload/storage/47663_220.jpg)
“Lester” jamoa xo'jayini vafot etganligini tasdiqladi
“Qattiq afsus bilan klub prezidenti Vishay SHrivaddanaprabxaning vafot etganligini tasdiqlaymiz. SHanba kuni ro'y bergan halokatda bortdagi besh kishidan hech biri omon qolmadi. Dunyo Vishay qiyofasidagi yaxshi insondan ayrildi. U butun umrini oilasiga bag'ishlagan mehribon va sahiy inson edi.
“Lester” ham avvaldan uning oilasi edi. Uning oilasi sifatida biz ham yaqinlari kabi Vishayning hayotdan bevaqt ketishi uchun ko'zga yosh olamiz, shuningdek, klubni u xohlagandek rivojlantirish yo'lini qo'llab-quvvatlaymiz.
Endi bu uning merosi. Klubning barcha xodimlari shunday qiyin vaqtda bizni qo'llab turgan futbol jamoatchiligi vakillariga ularning hamdardliklari juda ham qadrli ekanligini bildiradi ”,— deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Fikrlar