23 noy 08:10
Yangiliklar

“Lester”, “Real”, “Yuventus”, “Bayer” pley-offda, “Tottenxem” va “Sporting” Evropa Ligasi uchun kurashadi
Kechagi o'yinlardan so'ng bir nechta jamoa muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini bajarib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi. “E” guruhidan “Monako” birinchi o'rin egasi sifatida pley-offga chiqdi. “Bayer” esa muddatidan avval ikkinchi o'rinni egalladi. “Tottenxem” va CSKA klublari Evropa Ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.
“F” guruhida “Real” jamoasi ham pley-offga yo'llanma oldi. Dortmundning “Borussiya” klubi esa bu vazifani o'tgan turdayoq ijobiy hal qilgandi. “Sporting” va “Legiya” klublari Evropa Ligasi chiptasi uchun bahs olib borishadi.
“G” guruhida Angliya chempioni “Lester” kvartet g'olibi sifatida pley-offga yo'l oldi. “Kopengagen” va “Portu” jamoalari o'zaro ikkinchi yo'llanma uchun kurashishadi. Ulardan biri Evropa ligasida o'ynaydi.
“H” guruhida esa “Yuventus” klubi bu turda “Sevilya”ni mag'lub (3:1) etib, pley-offga chiqdi. “Sevilya” va “Lion” klublari ikkinchi yo'llanma taqdirini hal qilishadi.
Fikrlar