12 mar 10:50
Yangiliklar
Futbol

Levandovski “Bavariya” safidagi 100-golini kiritdi
Germaniya chempionatining 24-turida “Bavariya” Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasini yirik hisobda (3:0) mag'lub etdi.
Uchrashuvda “dubl”ga erishgan Robert Levandovski Myunxen klubi safida o'zining 99- va 100-gollarini kiritishga erishdi. Buning uchun unga jamoa safida 136 o'yinda maydonga tushish kifoya qildi.
Joriy mavsumda polshalik hujumchi 24 uchrashuvda 21 ta gol kiritib, chempionat to'purarlari bahsida “Borussiya” D hujumchisi Per-Emerik Obameyangdan bir to'pga ortda qolmoqda.
Havola :
Fikrlar