03 may 15:37
Yangiliklar
Futbol

Levandovski faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
"Bavariya" forvardi Robert Levandovskida faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish uchun variant bor.
Polshalik futbolchining agenti bo'lmish Pini Zaxavi o'yinchi borasida nemis grandi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarga kirishdi.
Agar klub Levandovskining maoshini yuqorilashni istamasa, o'yinchi APLga yo'l olishi mumkin. Unga "CHelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.
Robert "Bavariya"da 2014 yildan beri o'ynaydi. 32 yoshli forvardning Myunxen klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : SportBild
Fikrlar