19 dek 13:45
Yangiliklar

Levandovski joriy mavsum Evropada 30ta gol urgan ilk futbolchi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Bundesliganing 16-turi doirasidagi "Frayburg"ga qarshi bahsda ham gol urdi.
Polshalik hujumchi bu natija bilan joriy mavsum Evropa chempionatlarida 30ta gol urgan ilk o'yinchiga aylandi.
Levandovski Germaniya chempionatida 19ta gol, Evropa chempionlar ligasida 10ta gol va Germaniya Kubogida 1ta gol urishga erishdi.
Robert "Frayburg"ga qarshi o'yinni hisobga olganda joriy mavsum 24ta o'yin o'tkazdi va 1ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar