05 noy 08:22
Yangiliklar
Futbol
Levandovski operaciya qilinadi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski oyog'ining sondan yuqori bo'lgan qismida noqulaylik sezmoqda.
"Kicker" xabariga ko'ra, futbolchi operaciya qilinishi kerak va uning tiklanishi uchun 10 kun ketadi. Biroq hozircha klubdagilar operaciyaning qaysi kunda o'tkazilishi borasida qaror qabul qilishmadi. Qayd etilishicha, operaciya terma jamoalarning o'yinlari vaqtida yoki qishki tanaffusda bo'lishi mumkin.
Levandovski yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida termasida o'ynamasa ham bo'ladi. Polsha termasi allaqachon Evro-2020ning final bosqichiga yo'llanma olishga ulgurgan. Hujumchi ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida 20 o'yinda 23 gol kiritdi.
Havola :
Fikrlar