17 jan 08:48
Yangiliklar
Futbol
"Lids" hujumchisi APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Lids Yunayted" hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin Angliya Premer-ligasida o'tgan oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.
28 yoshli angliyalik futbolchi dekabr oyidagi 5 ta o'yinda 6 ta gol urdi.
Kalvert-Lyuin joriy mavsum chempionatning 19 o'yinida 9 ta gol va 1 ta golli uzatmani hisobiga yozib qo'ydi.
21-tur yakunlariga ko'ra "Lids" 22 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 16-o'ringa joylashgan.

Havola :
Fikrlar