22 may 11:33
Yangiliklar
Futbol
Liga 1. Mbappe mavsumni to'purar va eng yaxshi assistent sifatida yakunladi
Avvalroq, Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirgani haqida xabar bergandik.
Franciya chempionati 38-turida PSJ Mbappening xet-trigi evaziga “Mec”ni 5:0 hisobida taslim etdi.
23 yoshli futbolchi joriy mavsum Liga 1'da 35 o'yinda qatnashib, 28 ta gol urdi va 17 pasni o'z hisobiga yozdirdi. Mbappe musobaqa to'purari va eng yaxshi assistenti sovrini sohibiga aylandi.
To'purarlar ro'yxatida Vissam Ben-Yedder (“Monako”, 25) ikkinchi, Lionel Messi esa 14 pas bilan assistentlar jadvalida jamoadoshidan keyingi o'rinni egalladi.
Havola :
Fikrlar