22 jan 06:48
Yangiliklar
Futbol
Liga 1. Mbappe "oy futbolchisi" yo'nalishida ikkinchi. Qaysi futbolchi eng yaxshi bo'ldi?
"Monpele" yarim himoyachisi Teji Savane dekabr oyida Franciya chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.
So'rovnoma yakuniga ko'ra, 30 yoshli futbolchi 38 foiz ovoz to'pladi.
Savane o'tgan oy 4 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Ikkinchi o'rinni PSJ futbolchisi Kilian Mbappe (36 foiz) egallagan bo'lsa, uchinchi o'rindan "Nant" hujumchisi Randal Kolo-Muani (26 foiz) joy oldi.
Malumot uchun, ushbu so'rovnoma Franciya professional futbolchilar ittifoqi (UNFP) tomonidan o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Unfp.org
Fikrlar