So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

05 iyu 21:03
Yangiliklar

Futbol

Liga Kubogi. AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvida 7 ta gol urildi

O'zbekiston Liga Kubogi musobaqasining 3-turidan o'rin olgan AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinning 7-daqiqasida Boburbek Yo'ldoshev hisobni ochdi - 1:0. 20-daqiqada Mirjamol Qosimov sobiq klubi darvozasiga gol urdi - 2:0. Uchrashuvning 27-daqiqasida Sanjar Rihsiboev birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib hisobni qisqartirdi - 2:1. Uchrashuvning 55-daqiqasida Zafar Polvonov gol urdi - 3:1. 

Gollarga boy bahsning 71-daqiqasida Xurshid G'iyosov penaltidan hisobni qisqartirdi - 3:2. Keyingi daqiqada Mirjahon Mirahmadov hisobni tenglashtirdi - 3:3. 75-daqiqada Sanat SHixov yana bir bor mezbonlarni oldinga olib chiqdi - 4:3. 

O'yinda g'alaba qozongan AGMK keyingi bosqichga chiqdi, "Bunyodkor" esa guruhda qolib ketdi.

O'zbekiston Liga Kubogi, 3-tur.

AGMK (Olmaliq) — "Bunyodkor” (Toshkent) 4:3

5 iyul 2019 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 

Hakamlar: SH.Nasibullaev, O.Kalaxodjaev, S.Nishonboev

Gollar: Boburbek Yo'ldoshev 7, - 1:0. Mirjamol Qosimov 20, - 2:0. Sanjar Rihsiboev 27, - 2:1. Zafar Polvonov 55, - 3:1. Xurshid G'iyosov 71 penalti, - 3:2. Mirjahon Mirahmadov 72, - 3:3. Sanat SHixov 75, - 4:3.

AGMK: Suhrob Sultonov, Mirjamol Qosimov (Kamron Saidazimov, 70), Sanat SHixov, Zafar Polvonov (Kamron Abdulhamidov, 70), Zohir Pirimov, G'ulom Haydar G'ulomov, Akmal SHorahmedov (Mirg'iyos Sulaymonov, 77), Jasur Umarov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Boburbek Yo'ldoshev.

"Bunyodkor": Eldor Adhamov, Bobur Farhodov, Anvar G'ofurov, Dilshod Ahmadaliev, Xurshid G'iyosov, Sanjar Qodirqulov, Vladislav Nuriev (Valeriy Akopov, 66), Sanjar Rihsiboev (Farruh Ikromov, 87), Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov, Muhammadodil Qahramonov (Mirjahon Mirahmadov, 57). 

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 48, Boburbek Yo'ldoshev 70.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing