So’nggi yangiliklar

16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0

18 avg 08:21
Yangiliklar

Eshkak eshish

Linc va Segeddagi musobaqalar bizga Olimpiya eshiklarini ochadi...mi?

25 avgust kuni Avstriyaning Linc shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha Tokio-2020 yozgi olimpiada o'yinlariga yo'llanmalar beruvchi jahon chempionati boshlanadi.

Ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 200 ga yaqin davlatidan 500 dan ziyod sportchi akademik eshkak eshishning 14 ta yo'nalishida olimpiada yo'llanmalari uchun kurashadi.

Xo'sh, ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston sportchilari qanday tarkib bilan qatnashadi va qaysi yo'nalishlarda vatanimiz sharafini himoya qiladi? Olib borilgan mashg'ulotlar o'z samarasini beradimi? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida O'zbekiston “Rowing & Canoe” federaciyasi rahbari Xudoyor Ahmedovga murojaat qildik.

- Ushbu musobaqa avvalgi jahon chempionatlaridan tubdan farq qiladi. Birinchidan, musobaqani o'tkazish xalqaro qoidalarida ayrim o'zgarishlar ro'y bergan, ikkinchidan, unda 14 ta yo'nalish bo'yicha Tokio olimpiadasiga yo'llanmalar o'ynaladi. O'zbekistonlik atletlar qaysi yo'nalishlarda olimpiada yo'llanmalari uchun kurashadi?

- Sportchilarimiz 4 ta yo'nalishda Olimpiya yo'llanmalari uchun poygaga chiqadi. Alisher Turdiev, Sardor To'lqinxo'jaev, O'ktam Davronov va Dostonjon Bahriev to'rtligi M4-2000 metr yo'nalishida qatnashsa, Evgeniy Agofonov va SHahzod Nurmatov LM2x2000 metrlik juftlik bahsida, SHahboz Xolmurodov M1x2000 metr va SHexroz Hakimov LM1x, LM1x 2000 metr masofali bellashuvlarda chempionlik uchun startga chiqadi. Etiborlisi, eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi tarixida ushbu jahon chempionatida ilk bor juftlik yo'nalishida sportchilarimiz qatnashishi ahamiyatli voqea bo'lmoqda.

- Sportchilarimiz jahon chempionatiga qaerda va qay tarzda tayyorgarlik ko'rishdi?

- Avvalo shuni aytishim lozim, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi qaroriga asosan federaciyada maxsus reja ishlab chiqilgan bo'lib, o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan tortib xalqaro musobaqalarda qatnashishgacha bo'lgan jarayon to'la-to'kis qamrab olingan. Sportchilarimiz 29 iyuldan ushbu jahon chempionatiga tayyorgarlikni Belarusning Brest shahrida boshlashgan edi. Ertaga terma jamoa azolari Vyacheslav Didrix, Sergey Tin va Dmitriy SHugurov murabbiyligida Avstriyaga yo'l oladi. Tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'ldi, deyishimiz uchun barcha asoslar bor. Yigitlarga zarur shart-sharoitlar yaratib berildi. Bilasiz, hozir texnika rivojlangan davr. O'quv-mashg'ulot yig'ini federaciya mutaxassis va mutasaddilari tomonidan tizimli asosda kuzatib borildi. Tegishli yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi. Asosiysi, jahon chempionatida sportchilarimizga omad kulib boqsa bo'lgani.

- Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha boshlanadigan olimpiada yo'llanmalarini beruvchi jahon chempionatida O'zbekiston sportchilaridan kimlar startga chiqadi?

- Segeddagi bahslar diqqat markazimizdagi asosiy musobaqa. Ushbu chempionatda dunyoning eng kuchli baydarka va kanoechilari 12 ta yo'nalishda Tokio-2020 olimpiadasi yo'llanmalari uchun bahslashadi. Unda vatanimizning 17 nafar sportchisi o'z yo'lakchalarida g'oliblik uchun qatnashadi. Albatta, Vadim Menkov, Yuliya Borzova, Ekaterina SHubina kabi tajribali sportchilarimiz qatorida bir qator umidli yoshlardan yaxshi natijalar kutishga haqlimiz. Masalan, shu yil iyun oyining ilk kunlarida Germaniyaning Duysburg shahrida jahon kubogining 2-bosqich musobaqalarida Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova juftligi 2-o'rinni egallagan bo'lsa, 5-7 iyulda Italiyaning Aronzo shahrida o'tgan xalqaro turnirda Javohir Nurmatov, SHahriyor Mahkamov, SHohruhbek Azamov va Vilyam Ibragimov to'rtligi 500 va 1000 metrlik masofada 1-o'rinni egallab, nafaqat g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi, balki xalqaro maydonda tajribalarini ancha oshirib oldi. Ishonamizki, Vengriyada bu o'z natijasini beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing