07 mar 09:23
Yangiliklar
Tennis
Liondagi tennis turnirida chempion aniqlandi
Franciyaning Lion shahrida o'tkazilgan tennis bo'yicha WTA turniri o'z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 64-raketkasi bo'lib turgan xitoylik CHjan SHuay WTA reytingida 140-pog'onadan joy olgan ukrainalik Dayana Yastremskayaga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 48 daqiqa davom etgan bahsda 33 yoshli CHin yurti vakilasi 3/6, 6/3, 6/4 hisobida zafar quchdi.
CHjan uchrashuv davomida 2 ta, Dayana esa 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida SHuay hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Open 6e Sens Métropole de Lyon turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok CHjanga 280 reyting ochkosi hamda 34,677 evro mukofot puli keltirdi. Yastremskaya bir haftalik mehnatidan 180 ball va 17,258 evro ishlab oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar