29 noy 09:06
Yangiliklar
Futbol
Lionel Messi Ronaldudan o'zib ketdi
“Barselona” hujumchisi ECHLning 5-turida PSV darvozasiga (2:1) gol kiritdi.
Natijada Messining “Barselona” safida ECHLda urgan gollari 106 taga etdi. Bu bilan Leo bitta klub safida ECHLda eng ko'p gol kiritgan futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Ronaldu “Real” safida 105 ta gol urgandi. Ammo umumiy ro'yxatda Krishti hamon 121 ta gol bilan etakchi bo'lib turibdi.
Malumot uchun, ECHLning 2018/19 yilgi mavsumi to'purarlari ro'yxatida Messi Robert Levandovski bilan bir xil — 6 tadan gol kiritgan holda birinchi o'rinni band etgan.
Havola :
Fikrlar