14 fev 13:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Lionel Messini boks jangiga chorlashdi
Amerikalik bloger Logan Pol argentinalik futbol afsonasi Lionel Messini sport ichimliklari tufayli jang qilishga chaqirdi.
2022 yilda Logan Pol Prime sport ichimligining elchisiga aylangandi. 2024 yilning iyun oyida esa Lionel Messi ham Mac+ nomi ostida sport ichimliklari bozoriga kirdi. Oktyabr oyida Mas+ Prime'ni raqobatga zid xatti-harakatlari uchun sudga bergandi.
"Odamlar nima qilganingizni bilishadi. Ular bizni sudga berishdi. Bu adolatdan emas! Biz qarshi davo arizasi bilan chiqdik. Bu noqonuniy. Bu savdo belgisining buzilishi. Hazilni bir chetga surib aytadigan bo'lsam, agar Messi bilan o'rtamizdagi boks jangi 2025 yilda bo'lib o'tsa, davoni qaytarib olishni ko'rib chiqaman. Ringda ko'rishguncha!" deya Polning so'zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar