11 may 09:06
Yangiliklar
Livandagi Osiyo chempionati o'smirlarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi
O'g'il bolalar o'rtasidagi bahslarda -50kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Boburmirzo SHarifjonov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. SHuningdek, Jayhunbek Nazarov(-66kg), Maqsud Ochilov (-55kg) kumush, Tehron Erkinov (-60kg) esa bronza medalini qo'lga kiritdi.
Qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda Nilufar Ermagambetova (-52kg) va Sita Qadamboeva (-48kg) oltin, Halimajon Qurbonova (-44kg) kumush va Fotimaxon Tursunboeva (-40kg)lar bronza medallari egasiga aylandilar.
Takidlab o'tish lozimki, ushbu musobaqada shu yilning oktyabr oyida Argentinada bo'lib o'tadigan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun muhim bo'lgan reyting ochkolari ham o'ynalmoqda. Sportchilarimiz ushbu muvaffaqiyat orqali qimmatli ochkolarni o'z hisoblariga qo'shib qo'ydilar.
Fikrlar