15 apr 08:40
Yangiliklar
Futbol

“Liverpul” 7 yil deganda “CHelsi”ni o'z maydonida mag'lub etdi
Kecha “Liverpul” Angliya Premer ligasining 34-turi doirasida o'z maydonida “CHelsi”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Natijada “qizillar” 7 yillik noxush ananaga yakun yasadi. Qizig'i, “Liverpul” “CHelsi”ni barcha musobaqalarni hisobga olsa, 5 ta o'yindan beri (2 ta mag'lubiyat, 3 ta durang) mag'lub eta olmay kelayotgandi.
“Liverpul” so'nggi bor London klubini safarda 2016 yilning sentyabrida 2:1 hisobida yutgan edi. “Enfild”da esa “qizillar” “aristokratlar”ni so'nggi bor 2012 yilning mayida mag'lubiyatga uchratishgan. SHundan beri “CHelsi” 3 ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 5 ta o'yinda durang qayd etilgan.
Havola :
Fikrlar