04 apr 07:01
Yangiliklar

"Liverpul" "Emireyts"da "Arsenal"ni taslim etdi, Jotadan dubl
"Emireyts" stadionida Londonning "Arsenal" klubi mehmoni bo'lgan "Liverpul" 3:0 hisobidagi yirik g'alabani tantana qildi. 61-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Diogu Jota uchrashuv qahramoniga aylandi. Aynan u dubl sohibiga aylandi. Yana bir gol Muhammad Saloh hisobiga yozildi.
Arsenal – Liverpul 0:3
«Emireyts» stadioni
Gollar: 0:1 – 64 Diogu Jota, 0:2 – 68 Saloh, 0:3 – 82 Diogu Jota.
Arsenal – Leno, Tirni (Soaresh, 45), Gabriel, CHembers, Xolding, Parti, Edegor, Sebalos (El-Nenni, 58), Pepe, Lyakazett, Obameyang (Martinelli, 77).
Liverpul – Alisson, Kabak (Uilyams, 84), Robertson (Diogu Jota, 61), Fillips, Aleksander-Arnold, Fabino, Milner, Saloh, Tiago Alkantara, Mane, Firmino (Veynaldum, 78).
Ogohlantirishlar: Diogu Jota (73), Gabriel (90).
Fikrlar