07 apr 11:45
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" koronavirus sabab CHL uchrashuviga kelmagan "Atletiko" muxlislarining pulini qaytarishdan bosh tortdi
Angliyaning "Liverpul" klubi rahbariyati Madridning "Atletiko" jamoasi muxlislarining pulini qaytarishdan bosh tortdi.
Gap shundaki, koronavirus pandemiyasi sabab hukumatning topshiriqlariga quloq solgan Madrid klubining 290 muxlisi Ispaniya poytaxtida qolgan va Angliyaga yo'l olmagan.
"Liverpul" esa "Atletiko" muxlislarning pulini qaytarishdan bosh tortdi, buning o'rniga "Atletiko" ishqibozlarining "Enfild"dagi o'yin uchun olgan chiptalarining 17 ming evro miqdoridagi pulini to'lab berdi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" qarama-qarshilikning ilk o'yinida 1:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, "Enfild"dagi bahsda 3:2 hisobida zafar quchdi.
Havola :
Fikrlar