29 mar 07:41
Yangiliklar
Futbol

“Liverpul” o'z "javohiri"ning tovon pulini oshkor qildi
Mersisaydliklar Muhammad Salohning tovon pulini 200 mln evro qilib belgilashdi.
Don Balon’ nashrining yozishicha, “Liverpul” Saloh bilan shartnomani yangilamoqchi. Unga ko'ra nafaqat futbolchining maoshi ko'tariladi, balki uning tovon pul haqidagi band ham qo'shiladi.
Salohni o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan klub 200 million evro to'lashiga to'g'ri keladi. Yangi shartnomaga ko'ra, Salohning oylik maoshi 800 ming funt sterlingni tashkil qiladi.
Havola :
Fikrlar