21 mar 13:02
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" Salohning transfer narxini malum qildi
"Liverpul" rahbariyati hujumchi Muhammad Salohning transfer qiymatini malum qildi.
Ispaniya matbuotiga ko'ra, 25 yoshli futbolchining transfer narxi 160 mln evroni tashkil etadi. Saloh o'tgan yozda "Roma"dan 42 mln evro evaziga transfer qilingandi. Oldinroq mersisaydliklar rahbariyati futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozda sotib yubormasligi borasida malumotlar tarqagandi.
Malumot uchun, Saloh joriy mavsumda 41ta uchrashuvda 36ta gol urib, 12ta golga assistentlik qildi.
Havola :
Fikrlar