18 okt 04:30
Yangiliklar

“Liverpul” va “Manchester Yunayted” durang o'ynashdi
Unda “Manchester Yunayted” va “Liverpul” jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. “Enfild Roud” stadionida kechgan uchrashuvda xisob ochilmadi. SHubhasiz, “qizil iblislar” darvozaboni De Xea o'yin qahramoniga aylandi.
Ushbu durang natijadan so'ng “Liverpul” 17 ochko bilan to'rtinchi, “Manchester Yunayted” esa 14 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. Turnir jadvalida 19tadan ochko jamg'argan “Manchester Siti” va “Arsenal” klublari qo'shhokimlik qilishyapti.
Angliya chempionati. 8-tur
LIVERPUL – MANCHESTER YUNAYTED 0:0 (0:0, 0:0)
“Liverpul” – Karius, Klayn, Matip, Lovren, Milner (Moreno, 86), Emre Jan, Xenderson, Koutino, Mane, Starridj (Lallana, 60), Firmino (Origi, 85).
“Manchester Yunayted” – De Xea, Valensiya, Bayi, Smolling, Blind, Errera, Fellayni, Reshford (Runi, 77), Pogba, Yang (SHou, 90), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Bayi (44), Yang (45), Ibragimovich (90), Fellayni (90).
Fikrlar