01 okt 16:52
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul" va "Tottenxem" "Inter" yarim himoyachisi uchun davogarlik qilmoqda
"Inter" yarim himoyachisi Marselo Brozovich A Seriyani APLga almashtirishi mumkin.
Futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.
Brozovichning "neradzurrilar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan, tomonlar hali hamkorlikni uzaytirish bo'yicha kelisha olishmadi.
28 yoshli xavbek joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : La Gazzetta dello Sport
Fikrlar