06 apr 19:30
Yangiliklar
Futbol

"Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan "Real"da jiddiy yo'qotish
Xabaringiz bor, bugun tunda ECHL 1/4 finali birinchi uchrashvida "Real Madrid" o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qiladi.
Madrid klubining xabariga ko'ra, himoyachi Rafael Varanning bugun tongda koronavirusga topshirgan testi musbat javobni ko'rsatgan. Bundan kelib chiqadiki, "Real Madrid" bugungi "Liverpul"ga qarshi o'yin va bir necha kundan keyin bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi bellashuvda na Varan va na Serxio Ramos xizmatlaridan foydalana oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar