22 apr 19:57
Yangiliklar

"Lokomotiv" - "Al Ittihod" o'yinida 2 ta gol kiritildi, bir futbolchi chetlatildi
"Temiryo'lchilar" Jidda klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynab, pley-offga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yuborishdi. O'yinning 75-daqiqasida Islom To'xtaxo'jaev qizil kartochka olib, jamoadoshlarini qiyin vaziyatga tashlab ketgandi.
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) 1:1
Hakamlar: Fu Ming, Xuo Veyming, Vang Desin (uchalasi Xitoy), Kim Dae Yong (Janubiy Koreya)
Gollar: Romarino 12, - 0:1. Temurxo'ja Abduxoliqov 36, - 1:1.
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Jamshid Iskanderov (88.Igor Yelich, 78), 10.Sardor Mirzaev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (9.Filip Rayevac, 84), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 23.Yovan Jokich, 24.Davron Hoshimov, 33.Oleg Zoteev, 71.Arslanmurat Amanov (17.Husniddin G'ofurov, 60), 77.Diyorjon Turopov.
"Al Ittihod": 22.Favaz Al Qarni, 2.Abdulloh Al Ammar, 4.Yosin Omar, 5.Metyu Yurman, 6.Xolid Al Samiri, 8.Fahad Al Muvallad, 9.Romarino, 13.Ahmad Hassan Asiri, 25.Nosir Al SHamroni (10.Karlos Vilyanueva, 58), 35.Seku Sanogo, 77.Abdulaziz Al Bishi.
Ogohlantirishlar: Fahad Al Muvallad 45+1, Yovan Jokich 54, Seku Sanogo 82,
CHetlatish: Islom To'xtaxo'jaev 75
Fikrlar