So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

05 avg 16:55
Yangiliklar

Futbol

"Lokomotiv" Davlatov va Benitoni tanishtirdi FOTO

Teglar :  Lokomotiv
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi Toshkentning “Lokomotiv” klubi davralar oralig'ida jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.

Tanishtiruv marosimining birinchi qismida "Lokomotiv" klubi bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, bosh murabbiy Andrey Miklyaev hamda yangi murabbiy Andrey Fyodorov ishtirok etishdi.

Dastlab To'labek Akramov jamoaning davralar oralig'idagi yig'in haqida malumot berdi:  


Xabaringiz bor, 11-20 iyul kunlari Belorussiyaning Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik va bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik. Dastlab "Dnepr Mogilyov" jamoasi 4:1 hisobida taslim etilgan bo'lsa, ikkinchi nazorat o'yinida "Gomel" bilan 1:1 hisobida durang o'ynaldi. So'nggi uchrashuv esa "Sluck" klubiga qarshi kechdi va unda vakillarimiz 3:0 hisobida g'alabaga erishildi. Yig'in davomida asosiy etibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratildi. Sababi birinchi davraning bazi bir o'yinlarida ayrim futbolchilarning jismoniy holatlari biroz pand berib qo'ydi.


Yozda jamoaga uch nafar futbolchini tarkibimizga qo'shib oldik. Ulardan biri ko'pchilikka tanish bo'lgan yosh yarim himoyachi Bobir Davlatov. U "Mashal" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida Qozog'iston va Rossiya klublarida faoliyat olib borgan. Uning tajribasi jamoamizga as qotishiga ishonamiz.

SHuningdek, tarkibimizda endi yana bir legioner bor. U nigeriyalik yosh hujumchi Olabiran Blessing Muyiva. U yurtimizga Moldovaning "Saksan" jamoasidan kelib qo'shildi. Blessingni sheriklari "Benito" deb atashadi. Endigina 18 yoshga to'lgan Benito ancha shiddatli o'yin ko'rsatadi, to'p uchun kurashlarga kirishdan aslo qo'qrmaydi. O'ylashimcha bu futbolchi jamoamiz va chempionatimizga kirishib keta oladi.

Qolaversa "Lokomotiv" murabbiylar shtabida ham kuchayish bo'ldi. Ilgari "Rubin", "Neftchi" jamoalaridagi faoliyati bilan ko'pchilikka tanish Andrey Fyodorov ham endilikda "Lokomotiv"da mehnat qiladi. Ushbu mutaxassis bosh murabbiyimizga yordamchi sifatida faoliyat olib boradi. SHuningdek, kecha jamoamizning sobiq azosi Sanjar SHoahmedov bilan ham shartnoma imzoladik.

Jamoa murabbiylar shtabida ish boshlagan Andrey Fyodorov o'z fikrlarini bildirdi:
“Lokomotiv” yosh jamoalardan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda u OCHLda ishtirok etib tajriba orttirmoqda. Har bir chiziqda bog'liqliklar mavjud. Klub xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilgan. Buning uchun men murabbiylarga yordam berish uchun keldim. Klub kelajakni o'ylayotgani yosh futbolchilarni o'z safiga qo'shib olayotgani bilan ham isbotlanib turibdi. Bu jamoaga kelganimdan juda xursandman.

- Sizning jamoadagi ishingiz nimadan iborat bo'ladi?


Andrey Fyodorov:
- Murabbiylar shtabida ish boshladim. Bosh murabbiyga o'z bilim va tajribam bilan yordam berib boraman. Barchamiz bir maqsad yo'lida birlashib ishlaymiz.

- Yangi futbolchilar bilan qancha muddatga shartnoma imzolandi?

To'labek Akramov: - Har ikkala futbolchi bilan bir yilga bitim imzoladik. Ular bizning tarkibimizga erkin agent sifatida qo'shilishdi. SHoahmedov esa yil oxiriga qadar jamoamizda o'ynaydi.


- Yozda jamoaga uch nafar futbolchi keldi. Bu kam emasmi?

Andrey Miklyaev: - Albatta kam emas. Aksincha jamoada xatto futbolchilar ko'payib ham ketgandek tuyulmoqda.


- Mavsumning birinchi qismida jarohatlar ko'p bo'lganida futbolchilar etishmay qolgan edi...

Andrey Miklyaev: - To'g'ri. Jarohat olgan futbolchilar hozir safga qaytishgan va tarkibimiz to'la. Qachon jarohat bo'lishini hech kim bilmaydi.

Tanishtiruv marosimining ikkinchi qismida jamoaga kelgan ikki nafar yangi futbolchi o'z fikrlarini bildirishdi.


– “Lokomotiv” – O'zbekistonning etakchi jamoalaridan biri. Ushbu klub azosiga aylanganimdan xursandman. Qo'ldan kelgancha yaxshi o'yin ko'rsatib, “Lokomotiv”ning g'alabalariga o'z ulushimni qo'shishga harakat qilaman, – dedi Bobir Davlatov.



– Men “Lokomotiv” safida bir muddat mashg'ulotlarda qatnashdim. Jamoa juda ahil ekan. Klubda esa barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Ilgari Moldovaning “Saksan” klubida to'p surgandim. Ana endi O'zbekistonning eng etakchi jamosi – “Lokomotiv” futbolchisiga aylandim. Bundan xursandman. CHempionat darajasi ancha yuqori ekan. “Lokomotiv” safida yaxshi o'yin ko'rsatib, O'zbekiston chempionatida g'alabalarga erishishga urinaman, – dedi Muyiva.


Narzulla Saydullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing