20 fev 07:23
Yangiliklar
Futbol
"Lokomotiv" joylashgan guruhning ikkinchi o'yini bo'lib o'tdi
OCHL guruh bosqich 2-turidan o'rin olgan yana bir uchrashuv o'tkazildi.
"Lokomotiv" joy olgan "V" guruhining ikkinchi bahsida mehmonlar g'alaba nashidasini surishdi. Qatarning "Duhayl" klubi BAAning "Al Vahda" jamoasi mehmoni bo'lib, 3:2 hisobida zafar quchdi. "Zayed Sports City Stadium"da o'tgan uchrashuvda "Al Vahda" ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qildi.
Yodingizda bo'lsa, amirlik jamoasi 1-turni "Lokomotiv" maydonida o'tkazib, 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Endi "temiryo'lchilar" 3-turda "Duxayl" mehmoni bo'lishadi. "Zob Ahan" esa "Al Vahda"ga qarshi bahs olib boradi. Ikki uchrashuvda g'alaba qozongan "Duhayl" guruh peshqadami bo'lib oldi.
Havola :
Fikrlar