11 mar 11:17
Yangiliklar
Futbol

"Lokomotiv" joylashgan mehmonxonada yong'in yuz berdi
Bugun, 11 mart kuni "Lokomotiv" CHempionlar ligasi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi doirasida Qatarning "Al-Rayyan" klubi mehmoni bo'ladi.
Alisher Nikimbaev bergan malumotlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" joylashgan Wyndham Grand Regency mehmonxonasida yong'in sodir bo'ldi.
Tunda Dohadagi "Lokomotiv" joylashgan "Wyndham Grand Regency" mehmonxona qahvaxonasida yong'in sodir bo'ldi. Barcha mehmonlar tezda evakuaciya qilingan va "Lokomotiv" delegaciyasi qo'shni mehmonxonaga ko'chib o'tdi" - deyiladi Nikimbaev Telegram kanalida.
Eslatib o'tamiz, "Al-Rayyan" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 20:35da boshlanadi.
Havola :
Manba : t.me/ANikimbaev
Fikrlar