12 fev 17:57
Yangiliklar

"Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining ilk o'yinida beshta gol kiritib g'alaba qozondi
Mavsumdagi ilk o'yinda "temiryo'lchilar" Birlashgan Arab Amirliklarining "Al Vahda" jamoasiga qarshi o'yin o'tkazdilar. Uchrashuv "Lokomotiv" futbolchilari uchun muvaffaqiyatli o'tdi. O'zbekistonning amaldagi chempionlari o'z maydonida kechgan bahsda raqiblar darvozasiga javobsiz beshta gol kirita oldilar. Vakillarimiz safida gollarni Nivaldo, Sardor Rashidov, Ikrom Aliboev (dubl) lar kiritgan bo'lsalar, raqib futbolchilaridan biri avtogol muallifiga aylandi. SHu tariqa, "Lokomotiv" OCHLning dastlabki uchrashuvida o'z hisobiga qimmatli bo'lgan uch ochkoni qo'shib qo'ydi.
OCHL-2018. “B” guruhi. 1-tur
12 fevral. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 16:00
“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Al Vahda” (BAA) 5:0
Hakamlar: Tojo Minoru, Ochi SHinji, Takagi Takumi (barchasi Yaponiya), CHorimurot Qurbonov (Turkmaniston)
Hakamlar nazoratchisi: Inoyat Masud (Eron)
Uchrashuv komissari: CHan Ka CHung (Gong Kong)
Gollar: Nivaldo 25, - 1:0. Ikrom Aliboev 53, - 2:0. Salim Sulton Al SHarji 55 avtogol, - 3:0. Sardor Rashidov 58, - 4:0. Ikrom Aliboev 87, - 5:0.
“Lokomotiv” (O'zbekiston): 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 6.Nivaldo (27.Sardor Rashidov, 36), 7.Sadriddin Abdullaev, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev (8.SHerzod Karimov, 82), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov (88.Igor Yelich, 76), 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 4.Bobur Yuldashov, 77.Diyor Turopov, 99.CHo Suk Je
"Al Vahda" (BAA): 50.Rashid Al Suvaydi, 4.Salim Sulton Al SHarji, 5.Muhammad Abdulbosit (77.Xalil Ibrohim, 79), 10.Ismoil Matar, 12.Muhammad Salim (7.Muhammad Al SHehi, 56), 15.Nosir Abdulxodi (70.Muhammad Rashid, 72), 19.Xolid Ibrohim, 22.Balaj Djudjak, 36.Ahmad Salmon, 37.Ahmad Rashid, 42.Muhammad Salmon.
Zaxira: 1.Muhammad Al SHamsi, 30.Tariq Ahmad, 32.Muhammad Hilol, 33.Majid Abdulla, .
Ogohlantirishlar: Salim Sulton Al SHarji 34, Balaj Djudjak 41,
Fikrlar