So’nggi yangiliklar

19:18Таэквондочиларимиз янгиланган Жаҳон рейтингида нечанчи ўринларни эгаллаб туришибди? 0 18:42UFC 337 турнирининг санаси ва ўтказилиш жойи маълум бўлди 0 18:14Чимаев UFC собиқ чемпиони билан беллашув ўтказиши мумкинлигини айтди 0 17:49Ромелу Лукаку Бельгия терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 17:22Жасурбек Рустамхонов Чехия хоккейи тарихига кирди 0 16:50Норвегия россиялик ва беларуслик спортчиларнинг мусобақалар учун мамлакат ҳудудига киришини тақиқлайди 0 16:19Расман! Руслан Абдуллаевнинг рақиби, жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 15:48Почеттино МЮга нигериялик "девор"ни олиб келмоқчи 0 15:17Гукеш жаҳон тожи учун матч олдидан Жавоҳир Синдаров ҳақида гапирди 0 14:46Қирғизистонда Олимпиада ғолиб ва совриндорлари учун умрбод стипендиялар тасдиқланди 0 14:15Zagreb Grand Prix 2026 турнирини иккита медаль билан якунладик 0 13:44Де ла Фуэнте Испаниянинг Англиядан учраган мағлубияти ва тўхтатилган тарихий серия ҳақида гапирди 0 13:13Расман. Mangu 7 турнирининг санаси ва манзили эълон қилинди + ПОСТЕР 0 12:42Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да 7 та медаль қўлга киритишди 0 12:11UFC Fight Night 296 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0

24 iyu 12:45
Yangiliklar

Futbol

“Lokomotiv” Oston O'runov va yana besh futbolchini tanishtirdi

24 iyul kuni O'zbekiston chempioni “Lokomotiv” klubi ikkinchi davradan oldin o'z tarkibiga qo'shib olgan futbolchilarni tanishtirdi

Yozgi transfer oynasi vaqtida “temiryo'lchilar” safini Oston O'runov (“Navbahor”), Medina Smit (“Qizilqum”), Javohir Esonqulov (“Qo'qon-1912”), Javohir Sohibov (“So'g'diyona”), Ibrohim G'anixonov (“Paxtakor”), Toxir Rafaelov (erkin agent) kabi futbolchilar to'ldirishdi. 

Tanishtiruv marosimida klub bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov va yangi futbolchilar ishtirok etishdi. Faqatgina Javohir Esonqulov tibbiy ko'rikdan o'tayotgani sababli tadbirga kela olmadi. 

Dastlab To'labek Akramov o'z fikrlarini bildirdi: 

“Ikkinchi davraga tayyorgarlik haqida gapiradigan bo'lsak. Jamoamiz odatda yozgi tanaffusni xorijda o'tkazardi. Ammo davralar oralig'i qisqa bo'lgani sababli va asosiy futbolchilarimizning ko'pchiligi yanvar oyidan buyon dam olmagani tufayli Toshkentda yig'in o'tkazishga qaror qildik. 

Yig'in vaqtida murabbiylar futbolchilarning jismoniy holatiga etibor qaratishdi. Bir nechta o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tdi. Jamoamizni Azizbek Haydarov va Husniddin G'ofurov tark etishdi. Ularning o'rnini yosh futbolchilar bilan to'ldirishga qaror qildik. “Lokomotiv” tajriba va yoshlar uyg'unligiga urg'u berishdi. 

- Amalga oshmagan transferlar bo'ldimi? 

- Ha albatta. Ammo uning ismini ayta olmayman. Bu klub siri bo'lib qolsin. 

- Yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadzening ketishiga nima sabab bo'ldi? 

- Timur Kapadze birinchi davra tugashidan oldin rahbariyat bilan uchrashib Superliga klublaridan birida ishlash niyatida ekanligini malum qildi.  Unga omad tilab xayrlashdik. Kapadze uchun eshigimiz doimo ochiq. 

- Odatda klublarda moliyaviy imkoniyati pasayganida yoshlarga etibor qarata boshlaydi. “Lokomotiv”da moliyaviy holatida o'zgarish sodir bo'ldimi? 

- Moliya tomonlama hech qanday o'zgarish bo'lgani yo'q. Uch yildan buyon chempionlikka erishib kelayapmiz. Jamoa o'zagini tashkil etuvchi futbolchilar 30dan oshgan. Ularga o'rinbosar tayyorlash kerak. Buning uchun ancha vaqt ketadi. 

- Yangi futbolchilar bilan qancha muddatga shartnoma imzolandi va ularning transfer narxlari haqida malumot bersangiz. 

- Faqat Oston O'runovning transferi uchun 343 million so'm to'lab berdik. Qolgan futbolchilar erkin agent sifatida qo'shildi. Medina Smit Latviyaning “Spartak” klubidan ijaraga olingan. 

Futbolchilar bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolangan. 

SHundan so'ng yangi futbolchilarga “Lokomotiv” klubi liboslari taqdim etildi. 

Unga ko'ra Oston O'runov – 6, Javohir Sohibov – 15, Medina Smit – 22, Tohir Rafaelov – 40, Ibrohim G'anixonov – 18, Javohir Esonqulov – 21 raqamlarida o'ynaydigan bo'lishdi.  

Futbolchilar “Lokomotiv”ga o'tish qanday amalga oshgani haqida gapirib o'tishdi. 

Oston O'runov: “O'tgan yil qishda ham klubdan taklif tushgan edi. Ammo o'shanda transfer amalga oshmagandi. “Navbahor”da 6 oy o'ynashga keyin “Lokomotiv”ga o'tishga qaror qilgandim. “Navbahor”dan ketish juda qiyin bo'ldi. Klub rahbariyati va muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Kelajakda o'sishga erishib Evropaga ketishni istayman“.

Javohir Sohibov: “Og'ir jarohat olganimdan keyin “So'g'diyona” safiga borib qo'shilgandim. Samvel Babayanning taklifi bilan “Lokomotiv”ga keldim. Agar raqobatdan qo'rqqanimda futbolchi bo'lmasdim. “Paxtakor”dan ham raqobat tufayli ketmaganman, jarohat tufayli ketganman. “Lokomotiv”da o'zimni ko'rsatishga va oldingi formamga qaytishga harakat qilaman”. 

Ibrohim G'anixonov: Faoliyatim davomida “Paxtakor”da o'ynaganman. Ammo jarohat oldim va imkoniyat kam berildi. SHu bois “Lokomotiv”ga ko'chib o'tdim”. 

Tohir Rafaelov: “Faoliyatimni Yangier akademiyasida boshlaganman. Samvel Babayan meni “Lokomotiv”ga taklif qildilar. “Lokomotiv” faoliyatimdagi ilk professional klubim bo'ldi. 

Medina Smit: “Lokomotiv”ni O'zbekistondagi eng yaxshi klub deb bilaman. Futbolchi sifatida o'sish uchun eng ideal klub deb bilaman. Hali yoshman, klub uchun borimni berishga harakat qilaman. Samvel Babayan bilan “Spartak” Yurmala klubida birga ishlaganman. Uning uslubi juda yoqadi. O'yinchilarga nisbatan munosabati, istagan narsasini etkazib berishi, professionallik hislatlarini hurmat qilaman”. 


Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing