04 jan 16:48
Yangiliklar
Futbol

"Lokomotiv" "Paxtakor" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi
2018 yilgi O'zbekiston Superligasi chempioni "Lokomotiv" futbol klubi Jamshid Iskanderov bilan kelishuvga erishdi.
Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar bermoqda.
O'zining yorqin o'yinlari orqali muxlislar etiboriga tushgan ajoyib yarim himoyachi 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati va O'zbekiston Kubogida "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi.
Jamshid Iskanderov haqida malumotlar:
2011 "Dinamo" (Samarqand) 2 o'yin, 123 daqiqa
2012-2018 "Paxtakor" (Toshkent) 156 o'yin, 10212 daqiqa, 20 gol
Havola :
Manba : lokomotiv.uz
Fikrlar