So’nggi yangiliklar

15:37Аёллар Осиё Чемпионлар Лигаси. "Насаф" сафарда "Ист Бенгал" жамоасини йирик ҳисобда таслим этди 0 15:13Ар-Риёдда Ring IV: Night of the Champions бокс оқшоми ўтказилди 0 14:48Ёш гандболчиларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланма олишди 0 14:25Разамбек Жамалов Арман Царукянни ғалаба билан табриклади (ФОТО) 0 13:58Суперлига охирги тур учрашувлари бошланиш вақти маълум 0 13:34Билол Муҳаммад Иан Гэрридан учралган мағлубияти ҳақида фикр билдирди 0 13:07Тошкентда Президент Олимпиадаси бошланмоқда 0 12:40Ислом бирдамлиги ўйинларида иштирок этган паралимпиячиларимиз Ватанга қайтишди 0 12:13"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин 0 11:52Чимаев ва Гэрри кечаги UFC турниридан кейин юзага келган можарога изоҳ беришди 0 11:31Арман Царукян Илия Топурияни октагонга чорлади 0 11:10Белал Муҳаммадни мағлуб этган Йен Гарри Ислам Махачевга мактуб қолдирди 0 10:49Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий! 0 10:28Қатардаги UFC турнири бонус соҳиблари маълум 0 10:07Пойтахтимиз бокс бўйича йирик халқаро йиғинга мезбонлик қилмоқда (ВИДЕО) 0

28 apr 15:10
Yangiliklar

Futbol

"Lokomotiv" - "Paxtakor" o'yini "Bunyodkor" stadionida bo'ladi, chiptalar esa bepul!

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Bu haqda oldinroq xabar bergan edik. Endi esa PFL rasmiy sayti mazkur xabarni tasdiqlovchi malumotni chop etdi.

"Mazkur bellashuv 29 aprel — yakshanba kuniga tayin qilingan bo'lib, uning 20:00da start olishi belgilab qo'yilgandi. “Lokomotiv” futbol klubi xavfsizlik masalasi hamda stadion atrofida boshlangan tamirlash ishlaridan kelib chiqib, uchrashuvni “Bunyodkor” stadioniga ko'chirishni so'rab, PFLga murojaat bilan chiqdi. “Sport” telekanali bilan rejalashtirilgan o'yin vaqti esa o'zgarmadi. SHuningdek, 9-turning yakshanba kuni o'tishi kerak bo'lgan yana 2ta uchrashuvida ham vaqt masalasi o'zgarishsiz qoldi:

“Metallurg” - “Buxoro 16:00
“Navbahor” - “Neftchi” 18:00


Toshkent derbisining “Bunyodkor” stadionida o'tishi muxlislarga ham qo'shimcha qulayliklar yaratishi mumkin. 8-turdan o'rin olgan “Bunyodkor” — “Lokomotiv” o'yiniga 15 mingdan ziyod futbol muxlisi tashrif buyurdi. “Temiryo'lchilar”ning “Paxtakor”ga qarshi o'yinida ham muxlislar tashrifi yuqori bo'lishi kutilmoqda.

Madaniy xordiq chiqarish istagida bo'lgan yurtdoshlarimiz yilning eng yaxshi o'yinlaridan birini dam olish kuni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilishlari mumkin", - deyiladi PFL rasmiy saytida berilgan xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing