16 iyu 23:13
Yangiliklar

“Lokomotiv” Qarshida “Nasaf”ni engdi, “Paxtakor”da ham g'alaba
Markaziy o'yin Qarshida “Nasaf” hamda Toshkentning “Lokomotiv” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi va unda “temiryo'lchilar” Temurxo'ja Abduxoliqovning dubli evaziga 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Amaldagi mamlakat chempioni “Paxtakor” o'z maydonida Muborakning “Mashal” jamoasi darvozasiga javobsiz 3ta to'p yo'lladi. “Bunyodkor” esa Bekobodda “Metallurg” klubi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Bu turdan so'ng peshqadam “Lokomotiv” eng yaqin taqibchisi “Bunyodkor”dan 4 ochkoga o'zib ketdi.
“Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent) 1:2
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 4, - 0:1. Temurxo'ja Abduxoliqov 44, - 0:2. Erkin Boydullaev 62, - 1:2
“Paxtakor” (Toshkent) – “Mashal” (Muborak) 3:0
Gollar: Jamshid Boltaboev 11, - 1:0. SHerzod Karimov 63, - 2:0, Igor Sergeev 83 penalti, - 3:0
“Metallurg” (Bekobod) – “Bunyodkor” (Toshkent) 1:1
Gollar: Murodjon Toshmatov 51, Zabihillo O'rinboev 79, - 1:1
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “So'g'diyona” (Jizzax) 1:2
“Andijon” (Andijon) – “Olmaliq” (Olmaliq) 0:2
“Buxoro” (Buxoro) – “Neftchi” (Farg'ona) 2:0
“Qizilqum” (Navoiy) – “Navbahor” (Namangan) 1:0
Gol: Ilhom Yunusov 90+5 penalti, - 1:0.
Fikrlar