15 jan 17:27
Yangiliklar
Futbol

"Lokomotiv" Serbiyada o'ynayotgan o'zbek futbolchisi bilan shartnoma tuzdi
O'zbekistonning 2 karra chempioni – “Lokomotiv” 2018 yilgi mavsum oldidan o'z tarkibini mahoratli futbolchilar bilan to'ldirishda davom etmoqda.
“Temiryo'lchilar” jamoasi safiga so'nggi yillarda Serbiya chempionatida
faoliyat olib borgan hamyurtimiz Husniddin G'ofurov kelib qo'shildi. Aslida
“NBU-Osiyo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan farg'onalik 23 yoshli
hujumkor yarim himoyachi 2013-2017 yillar oralig'ida Serbiyaning “Yavor” hamda
“Mladost” klublari sharafini himoya qildi.
O'zbekiston terma
jamoasiga nomzod sanaladigan futbolchi endi faoliyatini yurtimizda davom
ettiradi. Husniddin G'ofurov “Loko” bilan 2 yilga mo'ljallangan shartnoma
imzoladi. U “temiryo'lchilar” safida 19-raqam ostida harakat qiladigan
bo'ldi.
Havola :
Manba : lokomotiv.uz
Fikrlar