14 jan 16:20
Yangiliklar
Futbol

“Lokomotiv” Server Jeparovning Eron klubiga o'tganini tasdiqladi
2016 yilgi mavsumda “Lokomotiv”ning muvaffaqiyatli o'yin namoyish etib, O'zbekiston chempioni bo'lishiga va mamlakat kubogini qo'lga kiritishiga ulkan xissa qo'shgan yarim himoyachi Server Jeparov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.
Osiyoning eng mashhur yarim himoyachilaridan biri sanaladigan Server Jeparovga Eron jamoalaridan biri taklif bilan chiqdi va milliy terma jamoamiz azosi mazkur taklifni qabul qildi. SHu tariqa, Server “Lokomotiv”ni tark etadigan bo'ldi.
Takidlash joizki, Server Jeparov ortda qolgan 2016 yilgi mavsumda jamoamizning chin manodagi etakchilaridan biriga aylana oldi va “Loko”ning xalqaro va ichki maydonda muvaffaqiyat qozonishiga o'zining salmoqli xissasini qo'sha oldi.
Malumot uchun, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o'tkazdi va 8 marta raqiblari darvozasini ishg'ol etishga erishdi.
Havola :
Manba : lokomotiv.uz
Fikrlar