05 fev 13:47
Yangiliklar
Futbol

"Lokomotiv" Ukraina klubini mag'lub etdi
"Lokomotiv" Belekdagi yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bellashuvini o'tkazdi.
"Temiryo'lchilar" jamoasiga bu gal Ukrainaning "Oleksandriya" jamoasi raqiblik qildi. Qiziqarli tarzda kechgan bellashuvda vakillarimiz 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi. "Loko" tarkibida Sanjar SHoahmedov dubl qayd etdi. SHuningdek, Igor Yelich bir bor raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.
Endi "Lokomotiv" ertaga Toshkentga qaytib keladi. Futbolchilarga 2 kunlik qisqa tatil beriladi. So'ng 7 fevraldan jamoa o'z qarorgohida yig'ilib, OCHL-2018 1-tur o'yiniga uyda hozirlikni davom ettiradi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar