So’nggi yangiliklar

19:02"ФИФА ўзини кулгига қолдирмоқда" - Лотар Маттеус 0 18:39Бадиий гимнастикачиларимизнинг кейинги манзили Италия бўлади 0 18:18Муҳим янгилик: Таэквондо бўйича Жаҳон рейтинги тўлиқ янгиланди 0 17:45Осиё чемпионати. Боксчиларимизда битта ғалаба ва битта мағлубият 0 17:11Эрон футбол федерацияси скриншот орқали АҚШ устидан кулди 0 16:30ММА бўйича дунёдаги энг кучли мамлакатлар рейтинги эълон қилинди. Ким биринчи? 0 15:58Австралиялик "нокаутчи" Теремоана Жуниорнинг кейинги жанги аниқ бўлди 0 15:25ИНТЕРВЬЮ. Жонлантириш бўлимида бир ўлиб тирилган замонамиз Шум боласи Элбек Ибрагимов 0 14:57"Нима учун Трампдан ФИФАдан натижани бекор қилишни сўрамайсизлар?" 0 14:11Энтони Жошуа ҳар қандай рақибни йўқ қилмоқчи 0 13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0

31 dek 08:46
Yangiliklar

Futbol

​"Lokomotiv" yangi yil oldidan yana bir transferga qo'l urdi

O'zbekistonning amaldagi chempioni o'z tarkibini kuchaytirish ishlarini olib bormoqda.

Bunga qadar jamoa AGMKda to'p tepgan legioner Yovan Jokich, o'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazgan serbiyalik xujumchi Filip Raevac hamda jamoaning sobiq futbolchisi Azizbek Xaydarovni o'z tarkibiga qo'shib olgandi.

"Lokomotiv"ning yangi mavsum hisobidan to'rtinchi transferi elitani tark etgan "Neftchi" himoyachisi Avazbek O'lmasaliev bo'ldi. Bu xaqda saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov malum qildi. Mazkur iqtidorli himoyachi o'tgan mavsumda Superligada yorqin uyinlari bilan barchada iliq taassurot qoldirgandi. Bizga malum bo'lishicha, O'lmasaliev va "Lokomotiv" kelishuvga erishgan.

Kecha "Lokomotiv" jamoasining chempionlik munosabati va yangi yilga atalgan bayram bazmi bo'lib o'tdi. Unda futbolchilarga oltin medallar topshirildi. SHuningdek, klub rahbariyati bugun, yani 31 dekabr kuni jamoaning asosiy tarkib futbolchilariga chempionlik uchun "Jentra" avtomobillarini topshirishi kutilmokda.

Ayni paytda "Lokomotiv" jamoasining bir qator futbolchilari bilan shartnoma muddati tugagan. Hozircha jamoa Ignatiy Nesterov, Mamur Ikromov, Sadriddin Abdullaev kabi futbolchilari bilan yangi bitimga imzo chekkan. Kolgan etakchilarga yangi shartnomalar taklif etilgan. Biroq ular bilan yangi kelishuv hali rasmiylashtirilmagan. Qayd etish kerakki, jamoaning qator futbolchilariga AGMK, "Navbaxor" hamda "Paxtakor" jamoalaridan qiziqish va takliflar mavjud.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing