22 okt 20:05
Yangiliklar

“Lokomotiv”da mag'lubiyat, “Bunyodkor”da durang, “Nasaf”da 6:0
CHempionlik uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turgan “Lokomotiv” klubi safarda “Buxoro”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bundan esa “Bunyodkor” jamoasi unumli foydalanib qola bilmadi. “Qaldirg'ochlar” mehmonda “Qizilqum” bilan durang qayd etishdi - 0:0.
CHempionat yakunlanishiga to'rt tur qolgan bir paytda “Lokomotiv” eng yaqin taqibchisi “Bunyodkor”ni to'rt ochkoga ortda qoldirmoqda. Bronza uchun yaqin qolgan “Nasaf” o'z maydonida “Navbahor” jamoasi darvozasini javobsiz 6 bor ishg'ol qildi.
26-tur. 22 oktyabr (shanba)
“Andijon” (Andijon) – “Metallurg” (Bekobod) 0:0
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Neftchi” (Farg'ona) 2:1
Gollar: SHerzod Hakimov 41, - 0:1, Ibrohim Rahimov 51, - 1:1. Jalil Kimsanov 54, - 2:1.
“Olmaliq” (Olmaliq) – “SHo'rtan” (G'uzor) 3:0
Gollar: Otabek Valijonov 2, - 1:0, Mo'ydin Mamazulumov 51, - 2:0,Arslonmurod Omonov 66, - 3:0.
“Paxtakor” (Toshkent) – “So'g'diyona” (Jizzax) 3:0
Gollar: Adnan Oraxovac 45+2, - 1:0. Azim Ahmedov 51, - 2:0. Jamshid Boltaboev 58, - 3:0.
“Buxoro” (Buxoro) – “Lokomotiv” (Toshkent) 2:1
Gollar: Vadim CHemirtan 4, - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 12, - 1:1. Salamat Qutiboev 44, - 2:1.
“Nasaf” (Qarshi) – “Navbahor” (Namangan) 6:0
Gollar: Igor Golban 11, - 1:0,Ognen Krasich 29, - 2:0, Dragan CHeran 35, - 3:0,SHahboz Erkinov 45 penalti, - 4:0, Dragan CHeran 71, - 5:0. Ognen Krasich 87, - 6:0
“Qizilqum” (Navoiy) – “Bunyodkor” (Toshkent) 0:0
Fikrlar